Bir nechta fuqarolar va tadbirkorlarning noroziligiga sabab boʻlayotgan, qurilishi toʻrt yildan buyon tugamayotgan Shahrixon Madaniyat va istirohat bogʻining taqdiri bilan qiziqdik.
Maʼlum boʻlishicha, bogʻ 2019 yilda tendermi yoki auksionmi orqali davlat xususiy sherikchilik asosida bir tadbirkorga berilgan. Oʻzi tuman kengashi deputati boʻlgan tadbirkor Madaniyat vazirligi bilan maʼlum shartlar asosida bitim tuzgan. Bitimda belgilangan muddat esa allaqachon oʻtib ketgan.
Tuman hokimi oʻrinbosarining taʼkidlashicha, shu yil mart oyida Navroʻz bayramini oʻtkazish uchun bogʻ zarur boʻlgan, lekin bogʻni ahvolini koʻrib turibsiz.
Pandemiya va boshqa sabab bahonalarni vaj qilib, ishni orqaga surib kelayotgan tadbirkor oʻziga pul tushadigan “tochka”larni allaqachon ishga tushirib yuborgani maʼlum boʻldi.
Yana bogʻdagi eski atraksionlar ham qayerlargadir ravona boʻlgan-u, hali yangisidan darak yoʻq. Bu yerdagi daraxtlarning ham koʻplari kesilib ketgani aytilmoqda.
Davlat xususiy sherikchilik asosida berilgan bogʻni tadbirkor goʻyoki oʻziniki qilib olib, bu yerda avvaldan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni haydab chiqarmoqchi.
Oʻrganishlarimiz davom etmoqda, dastlabki videoni eʼtiboringizga havola etamiz.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari