• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Voqealar Fargʻonada koʻmir ishlab chiqarish sehi portladi
Voqealar

Fargʻonada koʻmir ishlab chiqarish sehi portladi

  • 19.04.2022 / 15:13
  • 2424
  • 0
111

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida 18-aprel kuni koʻmir ishlab chiqarish sexida portlash sodir boʻldi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, soat 12:20 atrofida tumanning Varzak MFY Dasht hududida joylashgan MCHJning logistika markazi tashkil etish uchun ajratilgan joyda “Koks” ishlab chiqarishga moʻljallangan seh hududida chaqnash sodir boʻlgan. Holat sehni sinov tariqasida ishlatish jarayonida sodir boʻlgan, 2 nafar korxona ishchisi va 3 nafar qurilishga kelgan fuqarolar turli darajada kuyish tan jarohati olib, tuman tez tibbiy yordam markaziga yotqizilgan.

Portlashga sigʻimning uzoq vaqt davomida qizdirilishi, ichida bosimning ortib ketishi va qopqoq bosimni koʻtara olmay ochilib ketishi sabab boʻlgan.

Aniqlanishicha, hududda xavfli ishlab chiqarish obyektni loyihalash, qurish, kengaytirish va foydalanish bilan bogʻliq ishlar uchun tegishli loyiha xujjatlari belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazilmagan va tegishli xulosalar olinmagan holatda foydalanishga yoʻl qoʻyilgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar