Аvvalroq, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani Paloxon qishlog‘ida bir erkak o‘z ayolini chopib o‘ldirgani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, 4 nafar farzandi bo‘lgan erkak qotillikka qo‘l urib, ruhiy kasalliklar shifoxonasiga borib, shifokorlarga voqeani aytib bergan.
Аniqlanishicha, 2022-yil 19-aprel kuni soat 08:00 larda 1977-yilda tug‘ilgan X.D. turmush o‘rtog‘i bilan yashash xonadonida uy ishlarini o‘z vaqtida qilish masalasida o‘zaro janjallashib qoladi. Janjal natijasida, X.D. turmush o‘rtog‘ini xo‘jalik boltasi bilan bosh va bo‘yin sohasiga bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.
Maʼlumot berilishicha, X.D.ning 4 nafar farzandi bo‘lgan. U shuningdek, ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda olingan. Qotillikdan so‘ng, X.D. Qo‘qon shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasiga borib, shifokorlarga sodir etgan jinoyati haqida aytib bergan.
Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro X.D. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari