• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Tibbiyot Andijonda shifokorlar xatosi bilan bemor qornida salfetka qolib ketdi
Tibbiyot

Andijonda shifokorlar xatosi bilan bemor qornida salfetka qolib ketdi

  • 22.05.2022 / 10:58
  • 3118
  • 0
111

10 oy oʻtib, bemor qayta operatsiya qilingan.
 
Andijon viloyati Asaka tumanida bemor qornida operatsiya vaqtida qoldirib ketilgan satfetka 10 oy oʻtib, jarrohlar tomonidan olindi. Holat boʻyicha tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi. 
 
Qayd etilishicha, 2020-yilning 5-oktyabr kuni Asaka tumani “Gʻanchayuz” MFY Gʻanchayuz koʻchasida yashovchi Oʻ.D.ni tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi 2-sonli tugʻruq uyiga “Homiladorlik 1, tugʻruq 0, 39 xafta 4 kun. Qogʻonoq pardasini tugʻruqdan oldin yorilishi” tashxisi bilan shifokor akusher-ginekolog F.Xusanova va doya Soliyevalar qabul qilib olgan. 
 
Muayyan tugʻruq jarayoni boʻlmaganligi sababli nazorat olib borish maqsadida xasta xomiladorlar boʻlimiga yotqizilgan. Reja asosida laborator va instrumental tekshiruvlar oʻtkazilgan. Kuzatuv davomida ayol xolati qoniqarli (homila xarakati mavjud, yurak urishi xar daqiqada 142 zarba) deb baholangan. 

7-oktyabr kuni ayolda muayyan tugʻruq jarayoni boshlanganligi sababli “Homiladorlik 1, 39 xafta 6 kun, tugʻruqning 1-davri latent fazasi, kamqonlik oʻrta ogʻir daraja, qogʻonoq pardani tugʻruqdan oldin yorilish” tashxisi bilan tugʻruq oʻtkazish rejasi tuzilgan. Shu  kuni soat 17:30 da tugʻruq boʻlimi shifokorlari I.Raxmonberdiyeva, M.Muxtorova tomonidan konsilium oʻtkazilib, “Homiladorlik 1, 40 xafta, tugʻruqning 1-davri aktiv fazasi, kamqonlik oʻrta ogʻir daraja, qogʻonoq pardani tugʻruqdan oldin yorilishi” tashxisi qoʻyilgan. Shuningdek, portogramma yuritish, nazorat belgilangan. Soat 21:30 da ayol xolati qoniqarli boʻlib, toʻlgʻoq kuzatilib, bachadon buyinchasini ochilishi samarasiz, xomila yurak urishida taxiaritmiya kuzatilgan boʻlib, uning soni har daqiqada 178 zarbani tashkil etgan, oxanglari bugʻiqlashgan. Shu holatdan kelib chiqib, “Homiladorlik 1, 40 xafta, tugʻruqning 1-davri aktiv fazasi, xomilaning nomuayyan holati (ishonchsiz), qogʻonoq pardaning tugʻruqdan oldin yorilishi, kamqonlik oʻrta ogʻir darajasi belgilanadi.

Shundan soʻng ayolning oila aʼzolari bilan suhbat olib borilib, jarrohlik muolajasiga yozma rozilik olingan. Jarrohlik muolajasi Kesercha-kesish usulida oʻtkazilgan. 7-oktyabr kuni soat 21:48 da jinsi oʻgʻil, vazni 3600 gr boʻlgan tirik chaqaloq tugʻilgan. Jarroxlik amaliyoti SMA orgʻiqsizlantirilishi yoʻli bilan amalga oshirilgan. Asoratlar kuzatilmagan. Jarrohlikdan soʻng bemor intensiv kuzatuv olib borish xonasiga oʻtkazilib, infuzion, antibakterial terapiya olib borilgan. 12-oktyabr kuni Oʻ.D ga qoniqarli axvolda tirik chaqaloq bilan 10-OP shifokor va patranaj xamshirasi nazorati olib borish tavsiyasi bilan uyiga ketishga ruxsat berilgan.
 
2021-yilning 16-avgust kuni Asaka tuman SHTYOB boʻlimiga oʻtkir bitishmali ichak tutilishi tashxisi bilan Oʻ.D. yotqizilgan. Bemor zaruriy laborator va instrumental tekshiruvlardan oʻtkazilib, zudlik bilan operatsiyaga olingan. Tashrix vaqtida bemorning ingichka ichagiga  yot jism tiqilib qolganligi aniqlangan. Yot jism olingan va  u salfetkaligi aniqlangan, ichak jarohati tikilgan. Chuvalchangsimon oʻsimtasi ikkilamchi yalligʻlanganligi uchun olib tashlangan. Operatsiyadan keyingi davr tinch oʻtgan.  

2021-yilning 20-avgust kuni qoniqarli holatda rejali jarrohlik boʻlimiga oʻtkazilgan. 28-avgust kuni bemor qoniqarli xolatda uyiga ketishga ruxsat berilgan. 

Fuqaro Oʻ.D va uning farzandi hozirda amaliy sogʻlom, salomatligi boʻyicha hech qanday shikoyat va eʼtirozlari yoʻq. Tashrix vaqtidagi olingan video  yozuv kelgusida shifokorlar orasida tashrix vaqtida bunday qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻymasliklari, shifokorlarni hushyor boʻlishligi uchun olingan va nomaʼlum shaxs tomonidan tarqatib yuborilgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar