• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi
Iqtisodiyot

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

  • 24.05.2022 / 05:02
  • 2152
  • 0
111

Tillavoldiev Аdhamjon Ziyoviddinovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-maydagi tegishli farmoyishiga asosan Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ushbu tayinlov Farg‘ona viloyati hokimligida Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiev, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, tegishli boshqarmalar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokidagi tashkiliy yig‘ilish davomida eʼlon qilindi. Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Аdhamjon Tillavoldiev 1965-yilda Toshloq tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, 1986-yilda Marg‘ilon plan-iqtisod texnikumini, 1992-yilda Аndijon iqtisodiyot va boshqaruv institutini tamomlagan.

Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1997-yilda Toshloq tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i lavozimidan boshlab, 2002 – 2017-yillar davomida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Аndijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, xo‘jalik birlashma rahbari bo‘lgan, Farg‘ona viloyati hokimligida masʼul rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2018-yilning yanvarь oyidan sentyabriga qadar Davlat soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslar soliq maʼmuriyatchiligi bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

U 2018-yil sentyabr oyidan ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Nisbatxonov Shukurulloxon Xolmatxonovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishi bilan Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar