• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jahon 60 tengega ham qimmat mamlakat
Jahon

60 tengega ham qimmat mamlakat

  • 06.01.2022 / 16:23
  • 4351
  • 0
111

Qozogʻiston Respublikasi fuqarolari suyultirilgan gaz narxini pasaytirishni talab qilishdi.
Talablari bajarildi.
Gaz narxi tushirildi.

Qozogʻistonda suyultirilgan gaz narxini pasaytirish boʻyicha Hukumat komissiyasi tuzilgani haqida xabar berildi.

Fuqarolar Hukumatga Isteʼfo deyishdi, Isteʼfo qabul qilindi.

Hukumat komissiyasining gaz naxini pasaytirish  boʻyicha qabul qilgan Qarori faollar va namoyishchilar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Mangʻistau viloyatida “Kazmunaygaz” AJ tomonidan gazning bir litri narxi 50 tanga etib belgilangan.

Hukumat komissiyasi tomonidan namoyishga chiqqan shaxslar javobgarlikka tortilmasligiga kafolat berildi. 

“Namoyishchilarning birontasi qamalmaydi” deb vaʼda berildi.

Ammo...
Shunga qaramay,  qahraton qishning ayni chillasida namoyish davom etmoqda.

Aytilgan Tinch namoyishdan asar ham qolmagan.

Namoyishchilar  mashinalarni yoqib yuborilyapti, yoʻllarda duch kelgan narsani  urib sindirishayapti...

Qanchadan qancha begunoh insonlarning qoni toʻkilishi evaziga oʻtayotgan qirgʻinbarot namoyish bilan nimaga erishilyapti?!

Oʻzbekistonda ham Namoyish qilish kerak,  deya jar solayotganlar bu yoʻl bilan nimaga erishmoqchi boʻlasiz?
Jamiyatimiz barqarorligi va hamjihatligiga putur yetkazishdan manfaatdormisiz?!
 
Yoki begunohlarni qonini toʻkib,  oʻzligingizdan kechmoqchimisiz?!

Nahotki,  tinch yurtimizning tinchligini koʻra olmayotgan boʻlsangiz?! 

Unda koʻzingizni oching. 
Oʻsha qoʻshni davlatlardagi jangu jadallardan xulosa qiling.

Va yaxshilab oʻylab koʻring, 
Siz havas qilayotgan Qozogʻiston hukumatining bugun  60 tengechalik qadri qoldimi?!

Ma'rufa Soliyeva

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar