• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Sport Маҳалла аёллари беллашди
Sport

Маҳалла аёллари беллашди

  • 22.02.2022 / 10:11
  • 4096
  • 0
111

Qo‘shtepa tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida “Sog‘lom ayol – kelajak  sari" shiori ostida tashkillangan "Quvnoq startlar" sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

"Oilaviy ajrimlarga qarshi kurash oyligi" doirasida o‘tkazilgan musobaqada tumanning “Xalqobod”, “Qorajiyda”, “Xo‘jaqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ayollar jamoalari to‘p uloqtirish, arg‘imchoq uchish, yugurish, dumbaloq otish, arqon tortish singari shartlar bo‘yicha  kuch sinashdilar.

Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan bellashuvlarda “Qorajiyda” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Chaqqonlar”  jamoasining qo‘li baland keldi.

G‘olib va sovrindorlar “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan Faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

        

         “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi

 matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar