• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Sport Sport bellashuvlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi
Sport

Sport bellashuvlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi

  • 28.02.2022 / 17:20
  • 2819
  • 0
111

Marg‘ilon shahrida "Mahalla" xayriya jamoat fondi hamda 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamkorligida tramplindan sakrash bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda 130 nafardan ortiq sportchi yoshlar ishtirok etib, 30 nafari turli nominatsiya yo‘nalishlarida g‘olib bo‘lishdi.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan sport bahslarining g‘olib va sovrindorlari “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar bo‘limi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Farg‘ona shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabida esa o‘quvchi- yoshlar o‘rtasida “Quvnoq startlar” musobaqasi o‘tkazildi. Unda arqon tortish, balandlikka sakrash, yugurish, voleybol, shashka va shaxmat sport turlari bo‘yicha “Spartak”, “Neftchi” va “Istiqlol” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy o‘tgan bellashuvda “Neftchi” jamoasining qo‘li baland keldi.

– Sport tadbirlari mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lomlashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashda o‘ziga xos ahamiyatga ega, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi Bahodirjon Yulbarsov.

Bunday qiziqarli bahslar Farg‘ona shahridagi 26-umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida ham bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlar “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 “Mahalla” xayriya jamoa fondi viloyat bo‘limi matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar