• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Turizm So‘xda Bobur qadami yetgan tog‘ tepasidagi “Tosh oyna” atrofida turistik obʼektlar tashkil etiladi
Turizm

So‘xda Bobur qadami yetgan tog‘ tepasidagi “Tosh oyna” atrofida turistik obʼektlar tashkil etiladi

  • 31.03.2022 / 15:37
  • 3820
  • 0
111

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov So‘x tumanidagi o‘rganishlari doirasida So‘x daryosi atrofida joylashgan Surati mavzesida, tog‘ tepasidagi “Sangi oyna” ziyoratgohini borib ko‘rdi. Bu haqida viloyat hokmligi axborot xizmati xabar qildi.

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”sida qayd etilishicha, buyuk davlat arbobi va shoir bir yilga yaqin So‘x tumani hududida yashagan. Kitobda 1493 yil voqealari qalamga olinar ekan, Bobur taqdir taqozosiga ko‘ra, “So‘x va Hushyor ko‘hpoyalariga kelib, bir yilga yovuq(yaqin)” yashaganini sog‘inch bilan xotirlaydi. Tosh oyna haqida shunday yoziladi: “Isfaraning bir sharʼisida janub sori pushtalarning orasida bir parcha tosh tushubdur, “Sangi oyna” derlar, uzunligi taxminan o‘n qari bo‘lg‘ay, balandlig‘i baʼzi yeri kishi bo‘yi, pastlig‘i, baʼzi yeri kishining belicha bo‘lg‘ay, oynadek har nima munʼakis bo‘lur”.

photo_2022-03-31_10-32-37

Аytilishicha, Bobur Mirzo Sangi oyna oldiga kelib, unga nazar solganda oyna toshda toju taxtda shohona liboslar bilan o‘tirgan surati namoyon bo‘lgan ekan. Shundan so‘ng Bobur tangriga behisob shukronalar aytib, ortga qaytibdi va shu zaylda u Qobul sari ravona bo‘lib yana hukmdorlikni qo‘lga kiritibdi.

Viloyat hokimi baland tog‘lar, go‘zal tabiat, toza havo bilan qamralgan ushbu tarixiy qadamjoni turistik manzilga aylantirish, ushbu hududda xostellar, dam olish maskanlari barpo etish bo‘yicha masʼullarga topshiriq berdi, bu yo‘nalishda ish tashkil etish niyatida bo‘lgan tashabbuskorlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini taʼkidladi.

photo_2022-03-31_10-32-41

Xayrullo Bozorov tumanning Javpaya massivida tashkil etilayotgan naʼmatak plantatsiyalari atrofida ham turistik infratuzilma yaratib, huddi shunday dam olish maskanlari tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi, deyiladi xabarda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar