Farg‘ona viloyatida «Barkamol avlod-2022» sport o‘yinlarining respublika final bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi musobaqa yakuniga yetdi.
Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan musobaqada respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishdi. 12 ta terma jamoa ishtirok etgan turnirda stol tennisi bo‘yicha eng kuchlilar aniqlab olindi.
O‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida kechgan shiddatli bellashuvlardan so‘ng Farg‘ona viloyati terma jamoasi faxrli birinchi o‘rini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
– O‘zim uchun eng sevimli sport turidan musobaqada qatnashganimdan juda xursandman. Bir necha kun davomida tengqurlarimiz bilan bellashib, o‘z salohiyatimizni sinovdan o‘tkazdik. Quvonarlisi, ko‘plab dugonalar, do‘stlar orttirdik. Terma jaomamiz birinchi o‘rinni olganidan xursandman, – deydi tennischi Ruxsora Dadajonova.
Bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari